Misr kompaniyasi O'zbekistonda qo'shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatimiz elchixonasi ko'magida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo hamda Qishloq xo'jaligi vazirliklari xodimlari va Misrning "MS AlSaad Group" kompaniyasi bosh ijrochi direktori Muhammad Saad o'rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Muloqot avvalida O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasidagi istiqbolli investitsiya loyihalari haqida taqdimot o'tkazildi.
"MS AlSaad Group" bosh ijrochi direktori Muhammad Saad qishloq xo'jaligi mahsulotlari eksportini yo'lga qo'yish, yurtimizda mineral o'g'itlar ishlab chiqarish, farmatsevtika, oziq-ovqat mahsulotlarini qadoqlash kabi muhim jabhalarda qo'shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirishni boshlash maqsadida qo'shimcha onlayn muzokaralar o'tkazishga kelishib oldilar.