Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 07/08/2025 Mingeo va Shlumberger seysmik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Mingeo va Shlumberger seysmik tadqiqotlar sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, "O‘zbekgeofizika" AJ rahbariyati va Schlumberger xalqaro servis kompaniyasi vakillari o‘rtasida videokonferensaloqa tizimi orqali uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda seysmik qidiruv ma’lumotlarini qayta ishlash va talqin qilish sohasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar tajriba almashinuvi, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va O‘zbekistondagi geofizik tadqiqotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan hamkorlikni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling