Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 29/03/2025 Mehr va g'amxo'rlik: Qozog'istondan 10 nafar ota-ona qaramog’isiz qolgan o'zbekistonlik bolalar qaytarildi

Mehr va g'amxo'rlik: Qozog'istondan 10 nafar ota-ona qaramog’isiz qolgan o'zbekistonlik bolalar qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro aeroportida Olmaotadan parvoz qilgan samolyot o'zbekistonlik yosh vatandoshlarni olib keldi. Bolalarga O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirligi xodimlari hamrohlik qildi.

O'zbekistonning Qozog'istondagi konsullik xodimlari ushbu bolalarning tez va xavfsiz vatanga qaytishini ta'minlash maqsadida barcha zarur hujjatlarni rasmiylashtirdi.

Ayni paytda bolalar vaqtincha Toshkent shahar IIBB qoshidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko'rsatish markaziga joylashtirilgan. Bolalardan 8 nafari yaqin kunlarda Qoraqalpog'iston Respublikasiga yo'l olishadi va u yerda "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan tayyorlangan oila a'zolari va yaqin qarindoshlariga topshiriladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, o'tgan uch oyda xorijdan vatanga qaytarilgan bolalar soni 31 nafarni tashkil qildi. Bu o'tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 barobar ko‘p.

Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda Sankt-Peterburgdan 10 nafardan ortiq bolalardan iborat guruh ham O'zbekistonga qaytarilishi rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling