Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 25/04/2025 MDXAI va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

MDXAI va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 18 aprel kuni Toshkentda Moskva davlat xalqaro aloqalar instituti (MDXAI) va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumga MDXAI xalqaro huquq fakulteti dekani N.Yu. Molchakov va Institut direktori, yuridik fanlar doktori, professor M.X. Raxmanqulov imzo chekdi.

Hujjatga ko‘ra, tomonlar konstitutsiyaviy huquq, davlat boshqaruvi, huquqiy siyosat, xalqaro va qiyosiy huquq, shuningdek davlat boshqaruvi huquqiy taʼminoti, qonun ijodkorligi va huquqni qo‘llash sohalarida qo‘shma ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.

Shuningdek, ilmiy konferensiyalar, amaliy tadbirlar, ekspert xulosalari tayyorlash, MDXAI-Toshkent taʼlim dasturlari doirasida loyihalarda ishtirok etish, dissertatsiyalarga opponentlik va retsenzentlik qilish, hamda stajirovkalar tashkil etish ko‘zda tutilgan.

Memorandum imzolanishi chog‘ida N.Yu. Molchakov va M.X. Raxmanqulov hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qilib, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorlashga kelishib oldilar.

Imzolash marosimida Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti rahbariyati vakillari ham ishtirok etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling