Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Iqtisod 17/06/2025 Mastercard va Strategik islohotlar agentligi naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirishning kompleks rejasini ishlab chiqmoqda

Mastercard va Strategik islohotlar agentligi naqd pulsiz iqtisodiyotni rivojlantirishning kompleks rejasini ishlab chiqmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Strategik islohotlar agentligida Elektron to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish doirasida  “Mastercard” kompaniyasi vakili S. Popov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida S. Popov kompaniya tomonidan ushbu tashabbus qo‘llab-quvvatlanishi maʼlum qildi hamda naqdsiz to‘lovlar ulushini oshirish bo‘yicha “Mastercard” kompaniyasi tomonidan xorijiy davlatlarda amalga oshirilgan ishlar va O‘zbekistonda qo‘llash mumkin bo‘lgan amaliyotlar taqdimotini o‘tkazdi.

Xususan, hujjat loyihasini ishlab chiqishda to‘lov tizimlari infratuzilmasini rivojlantirishga, yangi mahsulotlar yaratishni qo‘llab quvvatlashga, naqdsiz to‘lovlar qatnashchilarini rag‘batlantirishga va naqdsiz to‘lov bo‘yicha savodxonlik darajasini oshirishga eʼtibor qaratish tavsiya etildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda uni amaliyotga joriy qilishda hamkorlik qilib borishga kelishishdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling