Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 Marubeni O‘zbekiston bilan infratuzilma loyihalarini muhokama qildi

Marubeni O‘zbekiston bilan infratuzilma loyihalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-mart kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov Yaponiyaning Marubeni savdo kompaniyasining yangi vakili Fujii Yasuaki bilan uchrashdi.

Marubeni Corporation 1858 yilda tashkil topgan. Bugungi kunda kompaniya va uning sho‘ba korxonalari turmush tarzi, yog‘och materiallari, IT-yechimlar, oziq-ovqat, metallar va minerallar, energetika, infratuzilmaviy loyihalar, lizing va ko‘chmas mulk, qurilish, sanoat uskunalari, korporativ rivojlanish va boshqalar kabi keng yo‘nalishlarda faoliyat yuritmoqda. O‘zbekistonda kompaniya Toshkent shahri ehtiyojlari uchun Toshkent viloyatida yangi suv tozalash va kanalizatsiya inshootini qurish loyihasini amalga oshirmoqda.

Uchrashuv chogʻida tomonlar birga olib borilayotgan ishlarning bugungi holati va uni faollashtirish chora-tadbirlari hamda mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida amalga oshirilayotgan yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qildilar.

Yaponiya tomoni ko'rsatilayotgan yordam uchun minnatdorchilik bildirdi va hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini tasdiqladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling