Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
O‘zbekiston 29/03/2025 Manpower Group Slovakiya O‘zbekiston fuqarolarini Volkswagen, Peugeot va Jaguar avtomobil zavodlariga ishga oladi

Manpower Group Slovakiya O‘zbekiston fuqarolarini Volkswagen, Peugeot va Jaguar avtomobil zavodlariga ishga oladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Volkswagen”, “Peugeot”, “Volvo” hamda “Jaguar Slovakia”kabi Slovakiyadagi avtozavodlarga ishchi kuchi yetkazib beradigan dunyoning yirik rekruting kompaniyasi bilan Migratsiya agentligi kelishuvga qo‘l qo‘ydi

Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev “Manpower Group” Slovakia rekruting kompaniyasi bosh direktori Zuzuna Rumiz xonim bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Manpower Group Slovakia” keng ko‘lamli xizmatlarga ega xalqaro kompaniya bo‘lib, Slovakiyaning yirik korxonalari, jumladan, O‘zbekistondan ko‘plab mutaxassislar ishlayotgan “Volkswagen”, “Peugeot”, “Volvo” hamda “Jaguar Slovakia” kabi avtomobil zavodlari bilan hamkorlik qiladi.

”Manpower Group” 1948 yilda AQSHda tashkil topgan. Dunyo bo‘ylab 80 dan ortiq mamlakat va hududlarda 2700 dan ortiq ofislari mavjud. Kompaniya 30 mingdan ortiq to‘liq stavkali xodimlarga yega bo‘lib, 600 mingdan ortiq ishchilarni boshqaradi.

Imzolangan Hamkorlik memorandumiga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolarini logistika, ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va boshqa muhim sohalarga jalb qilish yana-da kengayadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling