Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 22/04/2025 Malayziyalik investorlar bilan birgalikda Toshkent viloyatida golf majmuasi quriladi

Malayziyalik investorlar bilan birgalikda Toshkent viloyatida golf majmuasi quriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Malayziya bilan hamkorlikda Toshkent viloyatida yirik golf kompleksi qurilishi reja qilinmoqda.

Ayni kunlarda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya Malayziya davlatida bo‘lib turibdi. Ular bir qator yirik ishbilarmon doira vakillari bilan uchrashmoqda.

“The Mines Resort and Golf Club” kompaniyasi bilan o‘tgan muzokaralarda Toshkent viloyatida zamonaviy golf klubi va mehmonxona majmuasini qurish loyihasi borasida kelishuvlarga erishildi. 

Ushbu yirik loyiha uchun 100 gektar atrofida maqbul yer maydoni ajratilishi, uni zamonaviy talablar asosida serhasham kurort zonaga aylantirishi borasidagi takliflar ko‘rib chiqildi. Loyiha uchun taklif etilgan hududlar Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlaridir. 

Shuningdek, delegatsiya bugun tabiiy shakarni qayta ishlab undan kaloriyasiz granulalar olish loyihasi bo‘yicha “The Foodbase”, vegeterian proteindan go‘sht va fast fud mahsulotlarni ishlab chiqaradigan “Righ food company” kompaniya vakillari bilan ham muloqotlar o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling