Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 Laziz Qudratov Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashib, yangi loyihalarni muhokama qildi

Laziz Qudratov Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi raisi o‘rinbosari bilan uchrashib, yangi loyihalarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 25-aprel kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Koreya-O‘zbekiston ishbilarmonlar uyushmasi raisi o‘rinbosari Kim Chang Kyung bilan uchrashdi.

Suhbatda shaharsozlik, savdo va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qurish loyihasini amalga oshirish bo'yicha kelgusidagi chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Xorijiy tomon konstruktiv suhbat uchun minnatdorlik bildirib, investitsiyalar sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirishga katta qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar loyihani amalga oshirish mexanizmlari va muddatlarini kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling