Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Latviyada o‘zbekistonlik ishchi kuchiga kvota belgilanmaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bu haqda Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi hamda O‘zbekistonning Latviyadagi elchixonasi mas’ullaridan iborat delegatsiyaning Latviya Farovonlik vaziri Uldis Augulis bilan Rigada o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Unda o‘zbekistonlik ishchi kuchiga Latviyada munosabat ijobiy ekanligi va hamyurtlarimiz yaxshi taasurot qoldirayotgani ta’kidlandi.
Bugungi kunda ushbu davlatda 4000 dan ortiq yurtdoshlarimiz mehnat faoliyatini olib bormoqda.
Uchrashuvda bu raqamni yanada ko‘paytirishga ikki tomonda ham istak borligi ta’kidlandi.
Shu bois, ishchilar soniga kvotalar belgilanmaydi.