Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 LABCREATOR O‘zbekistonda erituvchi prekursorlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

LABCREATOR O‘zbekistonda erituvchi prekursorlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Chirchiq" Kimyo- industrial texnoparkida "LABCREATOR" kompaniyasining ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Bu haqda texnopark matbuot xizmati xabar berdi.

Kompaniya kimyo laboratoriyalari uchun erituvchilar prekursorlarini qadoqlash va saqlashga ixtisoslashgan.

Loyihaning asosiy ko'rsatkichlari:

- Investitsiyalar hajmi: birinchi bosqichda 1 million AQSh dollari;

- Ishlab chiqarish quvvati: yiliga 8,7 tonna mahsulot;

- Tayyor mahsulotni ichki bozorga sotish – 100%;

- Ish o‘rinlari: yuqori malakali mutaxassislar uchun 7 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ishlab chiqarish korxonasi zamonaviy va yuqori texnologik jihozlar bilan ta'minlangan bo‘lib, bu xalqaro standartlarga mos sifatli mahsulot ishlab chiqarishni kafolatlaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling