Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 26/02/2025 Kosta-Rikaga deportatsiya qilish rejalashtirilgan yetti o‘zbekistonlik Toshkentga qaytib keldi

Kosta-Rikaga deportatsiya qilish rejalashtirilgan yetti o‘zbekistonlik Toshkentga qaytib keldi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 24 fevral kuni AQSH hukumatining dastlab Kosta-Rikaga deportatsiya qilishni rejalashtirgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosi mamlakatga qaytib keldi, deb xabar berdi Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burxonov.

«AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 24 fevral kuni Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, ammo vatanga qaytishni istagan yetti nafar fuqaromiz Nyu-Yorkdan uchgan reys bilan Toshkentga yetib keldi», — deyiladi bayonotda.

So‘nggi haftalarda AQSH bir nechta deportatsiya reyslarini amalga oshirib, Osiyo mamlakatlaridan, jumladan, O‘zbekistondan kelgan yuzlab muhojirlarni Panama va Kosta-Rikaga yuborgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi vaziyatga izoh berar ekan, o‘zbekistonliklarni xavfsiz ravishda vatanga qaytarish uchun AQSH va Lotin Amerikasi davlatlari hukumati bilan doimiy aloqada ekanini taʼkidladi. Shuningdek, vazirlik O‘zbekistonning AQSHdagi diplomatik vakolatxonalari fuqarolarga har qanday sharoitda ham har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanini maʼlum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling