Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
O‘zbekiston 02/08/2025 Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi

Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichini o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom ko‘cha nomi va ko‘chmas mulk obyekti raqami ko‘rsatkichlarining shakli, o‘lchamlari hamda ularni tayyorlash va o‘rnatish tartibini belgilaydi.

Ko‘rsatkichning namunaviy shakllari quyidagi toifalarga ajratiladi:

1-toifa – poliyetilentereftalat, poliyetilintereftalatglikol, polistirol yoki polikarbonat materialdan tayyorlangan, yoritish moslamali ko‘rsatkich;

2-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan, nur qaytaruvchi qoplamali ko‘rsatkich;

3-toifa – kompozit alyuminiy materialidan tayyorlangan ko‘rsatkich.

Bunda, qoida tariqasida, 1-toifa ko‘rsatkichlar shahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalar, 2-toifa ko‘rsatkichlar tuman ahamiyatidagi magistral ko‘chalar va 3-toifa ko‘rsatkichlar esa mahalliy ahamiyatga ega ko‘chalarda o‘rnatiladi.

Ko‘rsatkichda ko‘chaning nomi qisqartirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling