Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 08/05/2025 Jiangsu World Group Surxondaryo viloyatidagi paxta klasteriga 95 million dollar sarmoya kiritadi

Jiangsu World Group Surxondaryo viloyatidagi paxta klasteriga 95 million dollar sarmoya kiritadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, innovatsion texnologiyalar va ilmiy yondashuvlar asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda qayta ishlashga qaratilgan qator loyihalar amalga oshirilmoqda.

Shu doirada, viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov "Jiangsu WORLD GROUP" korporatsiyasi vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda korporatsiyasi tomonidan Surxondaryo viloyatida 20 ming gektar maydonda paxta xomashyosini yetishtirish, tolani tozalash va qayta ishlash uchun avtomatlashtirilgan zavodlar qurishga yo‘naltirilgan, umumiy qiymati 95 million dollarlik investitsiya loyihasi taqdim etildi.

Muhokama yakunida loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish, maqbul yer maydonlarini aniqlash hamda boshqa tashkiliy masalalarni hal etishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling