Jamshid Xo‘jayev 2025–26 yillarga OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi etib tasdiqlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 6–7 may kunlari Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 58-yillik yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev rahbarligida ishtirok etdi.
Tashrifning asosiy natijasi — 2025–2026 yillar davomida OTB Boshqaruvchilar kengashi raisi vakolati O‘zbekistonga o‘tishi haqida rasmiy e’lon qilinishi bo‘ldi. Jamshid Xodjayev Kengash raisi sifatida tasdiqlandi, bu esa O‘zbekistonga yetakchi xalqaro moliya institutlari tomonidan bildirilayotgan yuqori ishonchning yorqin tasdig‘i bo‘ldi.
Yig'ilish yakunlariga ko‘ra, OTB Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi 2026 yil may oyida Samarqand shahrida o‘tkazilishi haqida yakdil qaror qabul qilindi.
Tadbir doirasida 2025–2026 yillar uchun umumiy qiymati $3,6 milliard bo‘lgan 23 ta yangi loyihani amalga oshirish dasturi imzolandi. Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.