Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 27/04/2025 Jahon banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Jahon banki vakillari bilan hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24-aprel kuni Jahon banki guruhi va Xalqaro valyuta jamg‘armasining yillik bahorgi uchrashuvlari doirasida Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Antonella Bassani hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida barqaror rivojlanish bo‘yicha direktori Sameh Vahba hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Timur Ishmetov va boshqa mas’ul vakillar ishtirok etdi.

Muloqot davomida tomonlar hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar va ularning natijalari, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xususan, irrigatsiya sohasini takomillashtirish, infratuzilma loyihalarini yangi bosqichga olib chiqish hamda hamkorlikdagi faoliyat doirasida samaradorlikni yanada oshirish yuzasidan muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, uchrashuv doirasida tomonlar davlat-xususiy sheriklik dasturlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, jumladan, energiya yetkazib berish tizimini modernizatsiya qilish, barqaror issiqlik tizimini shakllantirish hamda energiya samaradorlikni oshirish va hududlarda suv resurslarini samarali boshqarishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish va yanada rivojlantirish hamda belgilangan maqsadlarga erishishda samarali va tizimli faoliyat olib borishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling