Italiya Bosh vaziri 28–29 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi
(Arxiv surat — O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni 2025 yil 28–29 may kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Oliy darajadagi muzokaralar va uchrashuvlar Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
Italiya hukumat rahbarining ushbu tashrifi avvalroq 2025 yil 25–26 aprel kunlari o‘tkazilishi mo‘ljallangan edi, biroq Rim Papasi Fransiskning vafoti munosabati bilan Italiyadagi tadbirlar o‘zgargani sababli, tashrif keyingi muddatga ko‘chirilgan.
Tashrif doirasida tomonlar O‘zbekiston–Italiya hamkorligining asosiy yo‘nalishlari, jumladan: savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyaviy hamkorlik, sanoat kooperatsiyasi, madaniy va gumanitar sohadagi munosabatlarni muhokama qilishlari kutilmoqda.