Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Istanbulda zilzila vaqtida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istanbulda zilzila vaqtida O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh konsulxonasining matbuot xizmati xabar berdi.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu fojiaviy holat Istanbulda sodir bo‘lgan zilzila vaqtida yuqori qavatda turgan fuqaroning kuchli qo‘rquv holatiga tushishi natijasida yuz bergani aytilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi marhumning jasadini Vatanimizga yuborish bo‘yicha zarur konsullik-huquqiy va tashkiliy choralarni ko‘rmoqda.
Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirildi.