ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi Anglashuv Memorandumini imzoladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — ISSV va Vyetnamning ROX GROUP kompaniyasi oʻrtasida yirik investitsiyaviy va qurilish loyihalarini amalga oshirish boʻyicha Oʻzaro anglashuv memorandumi imzolandi.
Kelishuv doirasida Toshkent va Buxoro shaharlarida ko‘p funksiyali turar-joy majmualarini qurish rejalashtirilgan. Bu mamlakat shahar infratuzilmasini rivojlantirishda muhim qadam bo‘ladi.
ROX GROUP 1996-yilda tashkil etilgan Vyetnam kompaniyasi boʻlib, koʻchmas mulk, texnologiya, mehmonxona biznesi va moliyaviy xizmatlar ko'rsatishga ixtisoslashgan. U 2000 dan ortiq xodimga ega va o'zining xalqaro miqyosdagi, jumladan, Yevropa bozorlaridagi faoliyatini jadal kengaytirib bormoqda.
Hujjatning imzolanishi O‘zbekiston-Vyetnam iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda yangi istiqbollarni ochib beradi, shuningdek, O‘zbekiston qurilish sanoatiga zamonaviy texnologiyalar va xalqaro tajribani jalb etishga xizmat qiladi.