Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Prezidentning byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga, yaʼni inflyatsiyadan past bo‘lmagan darajaga oshirishga doir farmoni imzolandi.
Bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Qonunchilik palatasidagi hisobotida mazkur hujjat yaqin soatlarda eʼlon qilinishini maʼlum qildi.