Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 21/02/2025 Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga $10 000 miqdorida mukofot beriladi

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga $10 000 miqdorida mukofot beriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Hujjat fashizm ustidan qozonilgan G‘alabaning 80 yilligi sharafiga qabul qilinib, faxriylarni moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Farmonga muvofiq, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga bir martalik mukofot sifatida $10 000 miqdorida pul mablag‘i ajratiladi.

Urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, urush davrida mehnat frontida faoliyat yuritganlarga esa 3 million so‘m miqdorida mukofot beriladi.

Bundan tashqari, davlat rahbari 80 yillik G‘alabani nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qarorni ham imzoladi. Tasdiqlangan dasturga ko‘ra, 2025 yil 9 may kuni soat 21:00 da Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida bayram feyerverki tashkil etiladi. Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va poytaxt xokimiyati tashkil qiladi.

Ikkinchi jahon urushi davomida frontga taxminan 2 million o‘zbekistonlik safarbar etilgan. Ulardan 538 mingdan ortig‘i halok bo‘lgan, 158 ming kishi bedarak yo‘qolgan. Mustaqillik yillarida esa 200 ga yaqin harbiy va huquq-tartibot organlari xodimlari Vatan himoyasi yo‘lida o‘z jonini fido qilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling