Valyuta kurslari 26/06/2025
$1 – 12531.78
UZS – 0,61%
€1 – 14538.12
UZS – 0,53%
₽1 – 159.82
UZS – 0,92%
Qidirish
Iqtisod 26/02/2025 IKAO byurosi direktori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

IKAO byurosi direktori O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 18-21 fevral kunlari IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori Nikolas Rallonining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi amalga oshirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J. Xo‘jayev IKAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika byurosi direktori N. Ralloni qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri I. Maxkamov hamda “O‘zaviatsiya” agentligi direktori T. Nazarov ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida N. Rallo O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan aviatsiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi va O‘zbekistonda parvozlar xavfsizligi ta’minlanishi yuqori darajada ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling