Hamroh va Uzum O‘zbekistondagi tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 10-iyun kuni O‘zbekistonda tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hamroh kompaniyasi va Uzum milliy raqamli ekotizimi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolanishi bo‘lib o‘tdi. Hamkorlik doirasida Uzum Market marketpleysida alohida bo‘lim tashkil etilib, unda tadbirkor ayollar, jumladan, Hamroh tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturlari doirasida hamrohlik qilayotgan ayollarning mahsulotlari namoyish etiladi.
Butun mamlakat bo‘ylab tadbirkor ayollar Uzum ekotizimi ekspertlari tomonidan o‘tkaziladigan o‘quv sessiyalariga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. O‘quv mavzulari onlayn savdo, tovarlarni ilgari surish va biznesni rivojlantirish uchun raqamli vositalardan foydalanish asoslarini qamrab oladi. Bundan tashqari, o‘z biznesini boshlamoqchi yoki kengaytirmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun 1 milliard so‘m miqdorida grant jamg‘armasi tashkil etiladi.
«Biz biznesining hajmi va geografiyasidan qat’i nazar, barcha tadbirkorlar uchun logistika va IT infratuzilmasini qurmoqdamiz. Biz Uzum'da barqaror o‘sish teng imkoniyatlardan boshlanishini aniq bilamiz va butun mamlakat bo‘ylab ayollarni o‘z bizneslarini rivojlantirishga intilishlarida qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz», – deydi Uzum asoschisi va bosh direktori Djasur Djumayev.