Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Birjalar 23/06/2025 Gruziyaning TBC Capital kompaniyasi kapital bozorida O‘zbekistonning “Tartibga solish qumdoni”iga kirdi

Gruziyaning TBC Capital kompaniyasi kapital bozorida O‘zbekistonning “Tartibga solish qumdoni”iga kirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan TBC Capital (Gruziya) kompaniyasi kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Maxsus huquqiy rejimda ishtirok etish global kastodianlar va xalqaro depozitariylar, xorijiy investorlar va investitsiya vositachilari uchun vositachi sifatida O‘zbekiston qimmatli qog‘ozlar bozoriga yirik miqdorda portfel investitsiyalarini jalb qilish imkonini beradi.

TBC Capital TBC Bank (Gruziya) AJning sho‘ba korxonasi bo‘lib, u o‘z navbatida aksiyalari London fond birjasida sotiladigan TBC Bank Group PLC kompaniyasiga 100% egalik qiladi. So‘nggi yillarda TBC Capital xalqaro miqyosda yuqori baholandi: 2025 va 2024 yillarda Global Finance jurnali uni Gruziyaning eng yaxshi investitsiya banki hamda Markaziy va Sharqiy Yevropada obligatsiyalar chiqarishning eng yaxshi tashkilotchisi deb tan oldi, 2023 yilda esa Euromoney kompaniyani mamlakatning eng yaxshi investitsiya banki deb eʼtirof etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling