Griffin Development kompaniyasi Toshkentda biznes markazi qurilishiga sarmoya kiritishi mumkin
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova tumandagi iqtisodiy taraqqiyot va investitsiya muhitini yanada rivojlantirish maqsadida xorijiy investorlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda hokim oʻrinbosarlari, masʼul rahbarlar hamda “Griffin Development” kompaniyasi vakili ishtirok etdi.
Muzokaralar davomida tuman hududida qurilish mumkin boʻlgan loyiha muhokama qilindi.
Mazkur loyiha doirasida koʻp qavatli biznes markazi, zamonaviy mehmonxona, maishiy xizmat koʻrsatish majmualari hamda qulay infratuzilmaga ega turar-joy binolari barpo etilishi koʻzda tutilgan. Bu esa nafaqat Yakkasaroy tumanining arxitektura qiyofasini yangilashga, balki yangi ish oʻrinlari yaratish orqali aholining bandligini oshirishga ham xizmat qiladi.