Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
Iqtisod 05/06/2025 Gansu provinsiyasidan kelgan xitoylik investorlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning farmatsevtika markazi deb bilishadi

Gansu provinsiyasidan kelgan xitoylik investorlar O‘zbekistonni Markaziy Osiyoning farmatsevtika markazi deb bilishadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3 iyun kuni Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov Xitoy delegatsiyasini "Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasterining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari, shuningdek, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralari va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bilan tanishtirdi.

Xitoy ishbilarmon doiralari vakillari O‘zbekistonda yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida qiziqish bildirib, mamlakatni butun Markaziy Osiyo mintaqasining istiqbolli platformasi va salohiyatli farmatsevtika markazi sifatida ko‘rishlarini taʼkidladilar.

Muzokaralar chog‘ida xitoylik sarmoyadorlar respublika hududida dorivor giyohlarni yetishtirish, shuningdek, tayyor farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirdi.

Tomonlar belgilangan yo‘nalishlarda uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling