Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 27/02/2025 Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan parlamentlararo hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilining 26-fevral kuni Oliy Majlis Senati Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev va Fransiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Oreliya Bushez o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida bugungi kunda O‘zbekiston va Fransiya o‘rtasida yuqori darajadagi siyosiy va diplomatik, o‘zaro manfaatli hamkorlik ikki davlat yetakchilarining do‘stona munosabatlari tufayli tobora rivoj topayotganligi alohida qayd etildi.

Xususan, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, taʼlim sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlik loyihalari ijobiy natijalar bermoqda.

Xalqaro maydonda ham ikki davlat hukumatlari va parlamentlari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanayotgani, kelgusida ham bu borada hamjihatlikni yana-da rivojlantirish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tomonlar parlamentlararo aloqalarini mustahkamlash maqsadida Fransiya hamda O‘zbekiston parlamentlarining do‘stlik guruhlari va qo‘mitalari bilan qonun ijodkorligi borasida tajriba almashish hamda hududiy Kengashlar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga quyish masalalarini muhokama qildi.

O‘z navbatida, elchi Fransiya parlamenti vakillari 2025-yil 5-9-aprel kunlari Markaziy Osiyo tarixida ilk bora O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasida ishtirok etishga katta qiziqish bildirayotganini taʼkidlab o‘tdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling