Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 14/05/2025 Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari Eronda xizmat safarida

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari Eronda xizmat safarida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Eronning farmatsevtika industriyasi bilan tanishish va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi xodimlari va 30 ga yaqin O‘zbekiston kompaniya vakillaridan iborat delegatsiya bilan Tehron shahrida bo‘lib turibti. Delegatsiya vakillari farmatsevtika sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va innovatsiyalar uchun yangi imkoniyatlarni ishlab chiqishda tajriba almashishni maqsad qilgan.

Delegatsiyaning asosiy uchrashuvlaridan biri Eronning yirik farmatsevtika kompaniyalari qatoriga kiruvchi TPICO (Tehran Pharmaceutical Industry Company) bilan bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda, agentlik va TPICO o‘rtasida farmatsevtika sohasidagi muammolar, inovatsiyalar va bozor trendlari haqida suhbatlar olib borildi.

TPICO kompaniyasi o‘zining zamonaviy ilmiy tadqiqotlari, ishlab chiqarish jarayonlari va yuqori aniqlikdagi mahsulotlarini taqdim etdi, bu esa farmatsevtika tarmog‘i uchun muhim ahamiyatga ega.

Uchrashuv yakunida, tomonlar o‘zaro aloqalarni rivojlantirish, yoshlar uchun taʼlim dasturlarini tashkil etish, ilmiy tadqiqotlarda tajriba almashish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish borasida o‘z fikrlarini bildirdi hamda hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling