Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Farmatsevtika tarmog‘i jadal rivojlantiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi
Farmonga ko‘ra, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
2025-yil yakunigacha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan o‘tkaziladi.
2025-yil 1-apreldan:
“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi.