Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 21/05/2025 Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Egis Pharmaceuticals rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Farmatsevtika sohasini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi Egis Pharmaceuticals rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 20 may kuni Vengriyaga xizmat safari doirasida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov “Egis Pharmaceuticals” kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv chog‘ida investorlar uchun mamlakatimizda yaratilgan imkoniyatlar, qulay biznes yuritish muhiti hamda erkin iqtisodiy zonalari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, shartnoma asosida ishlab chiqarish va texnologik transfer imkoniyatlari muhokama qilindi. Ushbu yo‘nalishlarda mahalliy kompaniyalar bilan hamkorlik qilishning afzalliklari alohida taʼkidlandi.

Shu bilan birga, kompaniya vakillari bilan Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi" doirasida uchrashib, hamkorlik masalalarini muhokama qilishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling