Farmatsevtika, qurilish va to‘qimachilik: Toshkent viloyati investorlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston–Xitoy” biznes-forumi doirasida viloyat hokimi Zoyir Mirzayev nutq so‘zlab, hududga investitsiya kiritish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni taqdim etdi:
Tadbirda Toshkent viloyatidagi yirik kompaniyalar, tadbirkorlar va Xitoy ishbilarmonlari ishtirok etmoqda. Kunning ikkinchi yarmida ikki tomonlama o‘zaro muzokaralar o‘tkazilib, elektrotexnika, qurilish materiallari hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilish bo‘yicha bir qator shartnomalar imzolanishiga erishildi.
Shuningdek, tadbir doirasida "Kaftimizdagi buyuk ipak yo‘li-O‘zbekiston va Xitoy innovatsiya va tadbirkorlik bo‘yicha hamkorlik" II Xalqaro ayollar forumi ham o‘tkazilib, viloyatda bir qator tadbirkor ayollar ishtirok etmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, hozirda viloyatda Xitoy sarmoyasi ishtirokida 900 taga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Jami investitsiya hajmi 6,4 milliard dollarni tashkil etib, 2024-yilning o‘zida 1 milliard dollarlik yangi sarmoya jalb qilindi.