Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Farg‘ona viloyati hokimi Hunan Zhongwei Group delegatsiyasi bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi direktori Chen Minbo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Avval xabar berganimizdek, Xitoyning "Hunan Zhongwei Group" kompaniyasi bilan o‘tgan uchrashuvlarda viloyatimizda qator sohalar bo‘yicha istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borilgan edi.
Viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan bugungi muloqotda ushbu rejalarni amaliy bosqichga o‘tkazish masalalari muhokama qilindi.