Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
Iqtisod 14/04/2025 Farg‘ona viloyati hamda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida ko‘p tomonlama hududlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Farg‘ona viloyati hamda Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni o‘rtasida ko‘p tomonlama hududlararo hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya amaliy tashrif bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turibdi.

Viloyat delegatsiyasi dastlab Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayonida bo‘lib, qator uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda O‘zbekistonning Xitoydagi Favqulodda va muxtor elchisi Farhod Arziyev ishtirok etdi.

Urumchi shahrida Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi aʼzosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi rasmiylar bilan keng doirada o‘tkazilgan muzokaralarda ikki hudud o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda bugungi kunda O‘zbekiston va Xitoy munosabatlari yangi davrga, sifat jihatdan yangi bosqichga chiqqanligi, bunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik rishtalari muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi. Barcha sohalarda hamkorlik mustahkamlanib borayotgani, Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston yangi magistral temir yo‘li qurilishi boshlangani muhim tarixiy voqea bo‘lganligi, hududlararo aloqalar faollashgani qayd etilib, Shinjon- Uyg‘ur avtonom rayoni va O‘zbekiston o‘rtasidagi samarali hamkorlik eʼtirof qilindi. Farg‘ona viloyati va Shinjon bilan ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘plab sohalarda hamkorlikni rivojlantirish takliflari bildirildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ikki davlat hududlari o‘rtasidagi hamkorlik strategik sheriklikning samarali mexanizmiga aylanganligini qayd etib, Farg‘onaning ulkan iqtisodiy-investitsiyaviy imkoniyatlari haqida maʼlumot berdi. Qishloq xo‘jaligi, tekstil-to‘qimachilik, turizm, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish materiallari ishlab chiqarish, taʼlim kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Xususan, Shinjonning qishloq xo‘jaligini barcha yo‘nalishlaridagi ilg‘or tajribalari va texnologiyalarni viloyatimizda joriy etish, hamkorlikda sohaning malakali mutaxassislarini tayyorlovchi ilmiy-amaliy markaz tashkil etish va o‘zaro almashinuvlarni, oliy o‘quv yurtlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish, Urug‘chilik markazi, Quva tumanida mevali va manzarali ko‘chatchilik markazini ochish ilgari surildi. Shuningdek, turizm, tekstil, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish, mashinasozlik kabi yo‘nalishlarda loyihalarni amalga oshirish, ikki hudud Savdo-sanoat palatalarining uyushmasini tashkil qilish bildirildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Mirzohid Ubaydullayev boshchiligidagi ishchi guruhni turizm borasida Qoshg‘ar tajribasini o‘rganish hamda hududlar o‘rtasida turizm halqasini tashkil etishga kelishildi.

Muzokaralar yakunida bildirilgan takliflar va masalalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishilib, uni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling