Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 12/05/2025 Farg‘ona mahsulotlari Quvayt va Ummonga eksport qilinadi

Farg‘ona mahsulotlari Quvayt va Ummonga eksport qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekistonning Ummon Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Hatamov hamda Quvaytdagi elchisi Ayubxon Yunusov Farg‘onada amaliy tashrif bilan bo‘lib, o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va hududning eksport salohiyatini oshirish masalalarini o‘rgandilar. Ularga viloyat hokimining o‘rinbosari Nuriddin Mamajonov hamrohlik qildi.

Quvasoy shahrida elchilar gilos yetishtirish va eksport qilish bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. “UZ-SEGANG” MCHJning zamonaviy intensiv gilos bog‘lari va “Mirzoanvar eksport” fermer xo‘jaligida bo‘lib, Quvayt va Ummon davlatlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Rishton tumanidagi “Kosto Line Holding” MCHJ xorijiy korxonasining ish jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Shokirjon Ahmadjonov rahbarligidagi “Mingboshi keramik” oilaviy korxonasining kulolchilik mahsulotlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling