Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
DXX tomonidan 2 tonna 135 kg giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan musodara qilingan 2 tonna 135 kg 188 gr giyohvandlik vositalari yoqish yo‘li bilan yo‘q qilindi.
Shundan:
99 kg 882 gr geroin,
202 kg 555 gr opiy,
415 kg 124 gr gashish,
395 kg 739 gr marixuana,
613 kg 94 gr kannabis o‘simligi,
153 kg 15 gr ko‘knor boshog‘i va somoni,
57 kg 847 gr mefedron,
29 kg 603 gr a-PVP,
5 kg 750 gr spays,
5 kg 544 gr katinon va boshqalar.