Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 07/08/2025 Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Drayver loyihalarni amalga oshirish tartibi belgilandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori (495-son, 05.08.2025 y.) bilan “Tuman (shahar)larda iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi drayver loyihalarni shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, drayver loyiha hududning zaxira va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, maʼlum iqtisodiy o‘sishni yoki o‘zgarishni yuzaga keltiradigan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligining rivojlanishiga turtki beradigan loyiha hisoblanadi.

Drayver loyihalarni shakllantirish, kelishish va ishga tushirish tuman (shahar) hokimlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bunda loyihalar har yili 1 noyabrgacha tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ishlab chiqiladi.

1 hafta muddatda loyihalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklariga kiritiladi.

Shundan so‘ng, loyihalar 10 ish kunida Iqtisodiyot va moliya vazirligiga yuboriladi.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 15 ish kunida drayver loyihani joyiga chiqqan holda o‘rganadi.

Loyihalarni amalga oshirish doirasida bosh loyihachi tashkilotlar qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov (tender) orqali aniqlanadi.

Drayver loyihalar tuman (shahar) hokimligi tomonidan tuziladigan dalolatnomaga asosan foydalanishga qabul qilinadi va amalga oshirilgan hisoblanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling