Do‘stlik va o‘zaro hamkorlik mustahkamlanmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva BMTning dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi munosabati bilan tashkil etilgan Markaziy Osiyo davlatlari hamda Ozarbayjon milliy kunlariga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Homiylikka muhtoj bolalarga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasining Tibbiy faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti Og‘uljaxon Atabayeva bilan uchrashdi.
Samimiy bo‘lib o‘tgan muloqotda xalqlarni birlashtirib turadigan ko‘p asrlik do‘stlik davlat rahbarlarining faol saʼy-harakatlari tufayli izchil mustahkamlanib, strategik sheriklik darajasiga ko‘tarilayotgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuvlar davomida ikki tomonlama o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada faollashtirish hamda hamkorlikda madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazish masalalari ham ko‘rib chiqildi.