Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
O‘zbekiston 20/02/2025 Diniy bloger Mubashshir Ahmad O‘zbekiston IIV tomonidan qidirilmoqda

Diniy bloger Mubashshir Ahmad O‘zbekiston IIV tomonidan qidirilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mashhur diniy bloger va Azon Global portali asoschisi Alisher Tursunovni (Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan) qidiruvga berdi.

IIV matbuot kotibi Shohruh G‘iyosov maʼlum qilishicha, Tursunovga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-2-moddasi 1-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taʼqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga rahbarlik qilish yoki ishtirok etish uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Unga ko‘ra, 5 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil avgust oyida Mubashshir Ahmad 2017 yilda tashkil etilgan Azon New Media guruhining barcha loyihalarini yopish haqida eʼlon qilgan edi. Ushbu guruhga Azon.uz sayti, Azon FM onlayn radiosi va Azon TV onlayn televideniyesi kirgan.

2023 yil noyabr oyida esa to‘rt tilda — o‘zbek, rus, ingliz va turk tillarida faoliyat yurituvchi Azon Global portali ishga tushirildi.

2023 yil 28 dekabr kuni Turkiya huquq-tartibot organlari Mubashshir Ahmadni qo‘lga olishdi. O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi maʼlum qilishicha, uni politsiya uyidan olib ketib, deportatsiya markaziga joylashtirgan.

Konsullikning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, ushbu jarayonda Tursunovga konsullik va huquqiy yordam ko‘rsatilgan. 2024 yil 21 fevralda u deportatsiya markazidan ozod qilingan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling