Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
O‘zbekiston 21/05/2025 Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

Davlat ijrochilari ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Davlat ijrochilarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining davlat ijrochilari va davlat ijrochisi maqomiga ega bo‘lgan xodimlarini ijro yig‘imi hisobidan moddiy rag‘batlantirish tartibini belgilaydi.

Davlat ijrochilariga beriladigan moddiy rag‘batlantirish miqdorlari Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasi orqali avtomatik tarzda har oy yakuni bo‘yicha hisoblab boriladi.

Moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari davlat ijrochilarining ish yurituvida bo‘lgan tamomlangan ijro ishlaridan oy davomida to‘lov tizimlari orqali undirilgan ijro yig‘imining bir qismini ajratish orqali amalga oshiriladi.

Moddiy rag‘batlantirish har oy yakuni bo‘yicha Byuro direktori va hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan keyingi oyning 10 sanasiga qadar amalga oshiriladi.

Moddiy rag‘batlantirish uchun xarajatlar Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamg‘armasiga kelib tushgan ijro yig‘imi mablag‘larining 10 foizi miqdoridagi ajratma hisobidan amalga oshiriladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling