Valyuta kurslari 07/08/2025
$1 – 12502.99
UZS – -0,17%
€1 – 14484.71
UZS – 0,2%
₽1 – 155.94
UZS – -0,38%
Qidirish
Iqtisod 07/08/2025 Coca-Cola kompaniyasi vakillari Artel korxonasiga tashrif buyurdi

Coca-Cola kompaniyasi vakillari Artel korxonasiga tashrif buyurdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 6 avgust Coca-Cola kompaniyasining Yevrosiyo va Yaqin Sharq mintaqalari bo‘yicha rahbari Kazim Cicek boshchiligidagi delegatsiya Artel kompaniyasiga tashrif buyurdi.

Tashrif “O‘zeltexsanoat” uyushmasi ko‘magida tashkil etildi va bu mamlakatimiz elektrotexnika sanoatini xalqaro savdo maydonlariga olib chiqish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Delegatsiya Artel zavodidagi ishlab chiqarish jarayonlari, texnologik uskunalar, mahsulot sifati va korxonaning eksport salohiyati bilan yaqindan tanishdi.

Vitrinali muzlatgichlarni Coca-Cola’ning O‘zbekistondagi filialidan tashqari, Yevrosiyo va Yaqin Sharqdagi bo‘limlari uchun ham yetkazib berish muhokama qilindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling