Chet elliklar O‘zbekiston poytaxtidagi Jannifer Lopes shousi chiptalarining 67 foizini sotib oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — «O‘zbekiston 24» telekanali xabariga ko‘ra, Toshkentda bo‘lib o‘tgan qo‘shiqchi Jannifer Lopes konserti uchun 25 mingta chipta sotilgan.
Maʼlumotlarga ko‘ra, chiptalarning taxminan 67 foizini xorijiy fuqarolar xarid qilgan.
Ular orasida — 7,5 ming rossiyalik, 2,5 ming qozog‘istonlik, shuningdek, Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlaridan mehmonlar bor.
Chiptalar narxi 1 million so‘mdan 4,2 million so‘mgacha bo‘lgan.
Ko‘plab xorijiy mehmonlar safarlarini maʼlum bir konsepsiya doirasida rejalashtirib, to‘rt-olti kunlik turistik paketlar xarid qilgan.
Eslatib o‘tamiz, 7 avgust kuni Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida jahon pop yulduzi Jannifer Lopesning grandioz yakka konserti bo‘lib o‘tdi.