Valyuta kurslari 19/06/2025
$1 – 12618.63
UZS – -0,39%
€1 – 14516.47
UZS – -0,85%
₽1 – 160.83
UZS – -0,2%
Qidirish
Iqtisod 18/06/2025 Centrum Air Namangan — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni ochmoqda

Centrum Air Namangan — Moskva yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni ochmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 22 iyundan boshlab Centrum Air aviakompaniyasi Namangan va Moskva (Domodedovo aeroporti) o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Bu bilan O‘zbekistonning sharqiy mintaqasi va Rossiya poytaxti o‘rtasidagi havo aloqalari yana-da kengayadi.

Yangi yo‘nalish transport aloqalarini mustahkamlashga hamda Namangan viloyati va unga yaqin hududlarda yashovchi yo‘lovchilar uchun sayohatlarni yengillashtirishga qaratilgan.

Parvozlar haftasiga uch marta — dushanba, payshanba va yakshanba kunlari zamonaviy va qulay Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi. Parvoz vaqti o‘rtacha 4 soat 20 daqiqani tashkil etadi.

Parvoz jadvali (mahalliy vaqt bilan):

Reys C407, Namangan — Moskva:

payshanba, yakshanba: uchish — 12:40, yetib borish — 15:00;

dushanba (23 iyundan boshlab): uchish — 18:40, yetib borish — 21:00.

Reys C408, Moskva — Namangan:

payshanba, yakshanba: uchish — 16:00, yetib borish — 22:05;

dushanba (23 iyundan boshlab): uchish — 22:00, Namanganga yetib kelish — ertasi kuni soat 04:05.

Ushbu havo qatnovining ochilishi mehnat muhojirlari, xizmat safaridagi yo‘lovchilar va sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratibgina qolmay, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy va gumanitar aloqalar rivojiga ham xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling