Valyuta kurslari 06/08/2025
$1 – 12524.89
UZS – -0,76%
€1 – 14456.23
UZS – -0,96%
₽1 – 156.54
UZS – -1,2%
Qidirish
O‘zbekiston 06/08/2025 Buxoroda byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlandi

Buxoroda byudjet mablag‘lari evaziga “otkat” olishga uringan bosh hisobchi va uning o‘rinbosari ushlandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Olot tumani tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi Romitan tumanida kiyimdan tashqari noto‘qima mahsulotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJdan birlashma ehtiyojlari uchun 400 dona yotoq choyshablarini sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzadi. Bosh hisobchisi o‘zining o‘rinbosari bilan o‘zaro til biriktirib, mazkur shartnomada tovar narxini oshirib ko‘rsatish orqali, yaʼni har bir choyshabni 90 ming so‘mdan emas, balki 190 ming so‘mdan hisoblab, umumiy harajatlar summasini 76 mln so‘m qilib ko‘rsatadi.

Natijada ortiqcha hisoblangan 40 mln so‘m “otkat”ni MCHJ ish yurituvchisidan talab qiladi.

DXXning Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi va IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda ular oldindan 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ularga nisbatan JKning 25,167-moddasi 2-qismi “v,g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling