Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 29/01/2025 Britaniyaning "Standard Chartered" banki va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Britaniyaning "Standard Chartered" banki va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 28-yanvar kuni Buyuk Britaniyaning “Standard Chartered” bankining Bosh ijrochi direktori Saif Malik hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“Standard Chartered” banki global banklardan biri bo‘lib, dunyoning 60 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritadi hamda rivojlanayotgan bozorlar sifatida Osiyo, Afrika va Yaqin Sharg bozorlariga asosiy e’tibor qaratadi. Bank, asosan, savdo va investitsiyalar, korporativ va xususiy bank xizmatlarini ko‘rsatadi.

Shuningdek, bank yashil obligatsiyalar chiqarish va ekologik loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanadi hamda ta’lim va iqtisodiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash dasturlarida ishtirok etadi.

Muloqot davomida tomonlar infratuzilma loyihalarini kengaytirish, elektr tarmoqlari tizimini modernizatsiya qilishdagi asosiy yo‘nalishlar, davlat-xususiy sheriklik dasturlari asosida amalga oshirilayotgan loyihalar, davlat ishtirokidagi korxonalarning transformatsiya jarayonlari, moliyaviy bozorlardagi tendensiyalar, O‘zbekiston banklari bilan hamkorlik hamda kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari va qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda banklarning ahamiyati yuzasidan muhokamalar olib bordi.

Shuningdek, muhokamalar davomida tomonlar energetika sohasini rivojlantirish, xususan, yashil energiya ishlab chiqarish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish orqali energiya samaradorlikni oshirish, yashil iqtisodiyotni rivojlantirish va yashil o‘sishni ta’minlash hamda IT sohasini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Muzokaralar yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash hamda fikrlar almashinuvi jarayonlarini kengaytirishga kelishib oldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling