Valyuta kurslari 18/06/2025
$1 – 12668.14
UZS – -0,37%
€1 – 14640.57
UZS – -0,61%
₽1 – 161.15
UZS – -0,37%
Qidirish
O‘zbekiston 02/06/2025 Britaniyadagi Xalqaro biznes maktabi "El-yurt umidi" fondi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildiryapti

Britaniyadagi Xalqaro biznes maktabi "El-yurt umidi" fondi bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildiryapti

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston elchixonasida Buyuk Britaniyaning "Hult International Business School" (Hult) vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog'ida "Hult" vakillari O'zbekistonda ta'lim sohalarida amalga oshiralayotgan islohotlarni yuksak baholadilar.

Ayniqsa, iqtidorli yoshlarning chet mamlakatlardagi nufuzli universitetlarda ta'lim olishi yo'nalishlarida ko'maklashuvchi

"El-yurt umidi" fondi ta'sis etilgani ta'kidlandi.

"Hult" vakillari mazkur sohada kelgusida "El-yurt umidi" fondi bilan yaqindan hamkorlik qilishga tayyor ekanligi bildirishdi.

Britaniya tomoniga ko'ra, "Hult" "Triple Accreditation" ya'ni, "AACSB", "AMBA", "EQUIS" akkreditatsiyadan o'tgan. Shuningdek, "Financial Times" va "QS" reytinglarida eng yaxshi xalqaro MBA dasturlaridan biri sifatida tan olingan.

"Hult" – xalqaro biznes maktab bo'lib, uning AQSh,

Buyuk Britaniya hamda BAA kabi mamlakatlarda kampuslari bor.

Xalqaro biznes maktab 1964-yilda ta'sis etilgan. "Hult"ning bakalavriat (BBA), magistratura (MBA, International Business, Finance, Business Analytics, Marketing) hamda MBA (Executive MBA) yo'nalishlarida yuqori sifatli ta'lim olish imkoniyati mavjud.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling