Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston FVV vaziri lavozimiga tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri etib tayinlandi.
Tegishli farmonga Prezident Shavkat Mirziyoyev imzo chekdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Qudratxo‘jayev 2022 yil noyabridan buyon O‘zbekiston Bosh prokurorining o‘rinbosari — harbiy prokuror lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
U yangi lavozimda 2022 yil martidan buyon FVVni boshqarib kelgan Abdulla Quldoshev o‘rnini egalladi.
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, Vazirlar Mahkamasi aʼzolari, jumladan, vazirlar lavozimiga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan tasdiqlanishi lozim.
25 fevralda Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Botir Qudratxo‘jayev nomzodini muhokama qilib, uni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tasdiqladilar.