Bobir Islomov va Suma Chakrabarti O‘zbekiston konchilik sohasida shaffoflikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 31-iyul kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B. Islamov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi S.Chakrabarti boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mehmon tomonga sohada olib borilayotgan islohotlar va rejalar haqida ma’lumot berildi. Xususan, “Qazib oluvchi tarmoqlarda oshkoralik tashabbusi” (EITI) bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Tadbir davomida Kon-geologiya vazirligi O‘zbekistonning qazib olish tarmoqlarida shaffoflik tashabuslariga qo‘shilishini tahlil qilish, shuningdek bu boradagi zarur chora-tadbirlar va islohotlar to‘g‘risida fikr almashildi.