Valyuta kurslari 01/08/2025
$1 – 12692.42
UZS – 0,8%
€1 – 14511.24
UZS – -0,24%
₽1 – 158.44
UZS – 3,0%
Qidirish
Iqtisod 01/08/2025 BMTTD vakillari bilan joylardagi qishloq infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

BMTTD vakillari bilan joylardagi qishloq infratuzilma loyihalarini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Samandar Sadullayev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturining (BMTTD) O‘zbekistondagi doimiy vakilasi Akiko Fujii bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” hamda “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” (2-bosqich) loyihalarining joriy holati, ular doirasida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Xususan, loyihaga kiritilgan hududlarga qo‘shma monitoring tashriflari o‘tkazish, loyihadan olingan tajribalarni mintaqaviy va milliy forumlarda namoyish etish kabi masalalar yuzasidan so‘z yuritildi.

Shuningdek, tomonlar loyiha doirasida quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratdi: hududlarda suv va elektr energiyasidan oqilona foydalanishni rivojlantirish, “yashil energiya” texnologiyalarini keng joriy etish, aholining ichimlik suvi bilan ta’minlanishini yaxshilash, maktablarni zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta’minlash darajasini oshirish, obyektlarda resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy sug‘orish tizimlaridan foydalanishni kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali chekka hududlar aholisining daromadlarini oshirish.

Uchrashuv yakunida 2025-yilning ikkinchi yarmida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi hamda loyihalarni samarali olib borish bo‘yicha doimiy hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling