BIZNES FINANS 25 mlrd.so'mlik obligatsiyalarni joylashtiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, emissiya har birining nominal qiymati 100 ming soʻm boʻlgan 250 ming obligatsiyani tashkil etadi.
Qimmatli qog'ozlar bo'yicha kupon stavkasi oylik to'lov bilan yillik 27% qilib belgilangan. Obligatsiyalarning muomala muddati 720 kunni tashkil qiladi. Joylashtirish ochiq obuna orqali amalga oshiriladi.
Joylashtirishning boshlanish sanasi emissiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan kundan boshlab 15-kunga belgilangan.
“BIZNES FINANS”ning 2025-yilning birinchi yarmidagi sof foydasi 23,6 milliard so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 57,3 foizga ko‘pdir.
Joriy yilning 1 iyul holatiga kompaniyaning kredit portfeli 163,2 milliard so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71,1 foizga o‘sdi. Shu bilan birga, muammoli kreditlar ulushi 0,8 foizdan 0,9 foizga oshdi.