Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 07/05/2025 “Bektemir-Spirt Eksperimental Zavodi” kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun ish ochildi

“Bektemir-Spirt Eksperimental Zavodi” kompaniyasiga nisbatan monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzganlik uchun ish ochildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘z vakolatlari doirasida birja savdolarida yuqori likvidli va monopol turdagi mahsulotlari realizatsiyasi holati monitoring qilib borilmoqda.

Xususan, Qo‘mitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi Maxsus komissiyasi tomonidan “Bektemir-Spirt eksperimental zavodi” AJga nisbatan barda mahsulotini sotishda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari, xususan “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 12 oktyabrdagi 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘zg‘atilgan ishlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgandan so‘ng yakunlari yuzasidan qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling